"Yoshlar kuni" munosabati uchun Green University’da keng qamrovli tadbirlar o'tkazildi.
- 16.04.2026
- 15
Green University’da 16-aprel “Yoshlar kuni” munosabati bilan talabalar va yoshlar uchun mazmunli tadbirlar dasturi tashkil etildi.Dastur doirasida universitet psixologi tomonidan individual psixologik konsultatsiyalar o‘tkazilib, talabalar uchun ingliz tili mashg‘ulotlari tashkil etildi. Shuningdek, sport yo‘nalishida 28-maktab o‘quvchilari va Green University talabalari o‘rtasida do‘stona voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirlar davomida ichki ishlar organlari vakillari ishtirokida profilaktik uchrashuv tashkil etilib, undan so‘ng huquqiy mavzudagi ochiq savol-javob sessiyasi o‘tkazildi. Shu bilan birga, talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etilib, kun yakunida sport to‘garaklari doirasida jismoniy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Mazkur tadbirlar yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, huquqiy savodxonligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qildi.
English













